18:47 / 05.03.2017
5 905

45 mingdan ortiq kishi Mo‘sul g‘arbini tark etdi

45 mingdan ortiq kishi Mo‘sul g‘arbini tark etdi

Migrasiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot keyingi 9 kun ichida Mo‘sulning g‘arbiy qismidan 45 mingdan ortiq kishi chiqib ketgani haqida ma’lum qildi. Bu shahar 2016 yil oktyabridan buyon Iroq armiyasi qo‘shinlari tomonidan qamal qilinmoqda.

"Mo‘sul g‘arbidan chiqqan kishilarni joylashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Oxirgi 9 kunning o‘zida 7619 oila (45714 kishi) maxsus joylarga joylashtirildi", deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq AQSh aviasiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Iroq armiyasi Mo‘sulning markaziga hujum boshlagani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 45 mingdan ortiq kishi Mo‘sul g‘arbini tark etdi