Turkiya suriyalik uchuvchiga oilasi bilan uchrashishga ruxsat berdi

  • 07 mart 2017, 10:59
  • 4 005
  • Dunyo
  • Turkiya suriyalik uchuvchiga oilasi bilan uchrashishga ruxsat berdi

    Turkiya hukumati mamlakatning janubidagi Xatay viloyatida qulab tushgan Suriya HHK samolyotining uchuvchisiga oilasi bilan ko‘rishishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

    Turkiya nashrlarida yozilishicha, uchuvchi halokat hududida jarohatlangan holda topilgach, avval jandarmeriyaga, keyin Xatay viloyati shifoxonasiga olib borilgan.

    "Agar suriyalik uchuvchining oilasi uni ko‘rishni istasa, biz ularga shunday imkonni taqdim etamiz. Gumanizm — bizning qadriyatimiz", — degan Yildirim AHaber telekanali efirida.

    4 mart kuni Suriya HHK samolyoti mamlakat shimolidagi jangarilarga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazayotgan vaqtda urib tushirildi. Samolyot chegara hududida harakatlangani tufayli qo‘shni davlat hududiga quladi. Uchuvchi katapulta qilinib, omon qolgan.

    U Suriya armiyasi zobiti 56 yoshli Mahmud Sufxon ekanligi aytilmoqda. Katapultani amalga oshirish jarayonida va erga qo‘nishda uning umurtqasi, oyoqlari shikastlangan, yuzidan jarohat olgan.

    Suriya shimolidagi "Ahror ash-Shom" guruhi suriyaliklarning MiG-21 rusumli samolyotini urib tushirganini ma’lum qildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Turkiya suriyalik uchuvchiga oilasi bilan uchrashishga ruxsat berdi