12:13 / 07.03.2017
9 861

Olimlar: 2100 yilga kelib Venesiya suv ostida qolishi mumkin

Olimlar: 2100 yilga kelib Venesiya suv ostida qolishi mumkin

Olimlarning fikricha, 100 yildan so‘ng Venesiya suv ostida qolishi mumkin. Ularning mazkur tadqiqoti Quaternary International jurnalida chop etildi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Ekspertlar 2100 yilga qadar O‘rtaer dengizi sathi 140 santimetrga ko‘tarilishini ta’kidlamoqda. Shu bilan bir paytda oxirgi 1000 yil ichida dengiz sathi bor-yo‘g‘i 30 santimetrga ko‘tarilgan. Dengiz sathi qanday o‘zgarib borganligini aniqlash uchun tadqiqotchilar eramizdan avvalgi 4000—2500 yillarda mahalliy aholi tomonidan donga ishlov berish uchun foydalanilgan tegirmontoshlarini o‘rgandi. Ulardan ba’zilari hamon qirg‘oqda qolgan.

Butun Italiya bo‘ylab 33 ta hududga suv ostida qolish tahdid solayotganligi ma’lum qilinmoqda. Suv sathi global isish va issiqxona effekti tufayli ko‘tarilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar: 2100 yilga kelib Venesiya suv ostida qolishi mumkin