13:26 / 07.03.2017
6 148

Pokiston Afg‘oniston bilan chegarasidagi nazorat punkti faoliyatini tikladi

Pokiston Afg‘oniston bilan chegarasidagi nazorat punkti faoliyatini tikladi

Pokiston 7 mart kuni Afg‘oniston bilan chegaralaridagi ikkita asosiy o‘tkazuv punktlarining faoliyatini tikladi. Shunday qilib, Torxam va Chaman punktlari ikki kun faoliyat ko‘rsatadi, deb yozmoqda Kun nashri.

Torxam va Chaman chegara nazorat-o‘tkazuv punktlari 17 fevralda Pokistonda sodir etilgan qo‘poruvchiliklardan so‘ng yopilgan edi.

Geo TV ma’lumotlariga ko‘ra, chegara punktlaridan faqatgina piyoda sayohat qilayotganlarga ruxsat berilmoqda, avtomobilda o‘tish mumkin emas. NO‘Plari 9 martga ishlashi qayd etilgan.

Torxam va Chaman chegara punktlari faoliyatini qisqa muddatga qayta boshlashi haqida Pokiston TIV bayonot bergan edi. Bundan maqsad qo‘shni mamlakatlarda bo‘lib turgan fuqarolarga o‘z vatanlariga qaytish imkonini berishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston Afg‘oniston bilan chegarasidagi nazorat punkti faoliyatini tikladi