Dunyoning eng yaxshi mamlakatlari nomi e’lon qilindi

  • 07 mart 2017, 15:00
  • 8 540
  • Dunyo
  • Dunyoning eng yaxshi mamlakatlari nomi e’lon qilindi

    US News & World Report jurnali dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingini e’lon qildi. Mamlakatlar to‘qqiz mezon bo‘yicha baholandi: turizm sanoati, innovasiyalar, ijtimoiy soha, madaniyat rivoji, iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari, biznes uchun ochiqlik, aholi turmushining umumiy darajasi, jahon sahnidagi kuchi va nufuzi, tarixiy meros. Mazkur reytingni usnews.com saytiga asoslanib Kun.uz taqdim etdi.

    80 mamlakatni o‘z ichiga olgan reytingda birinchi o‘rinni Shveysariya egalladi. Undan keyingi, ikkinchi o‘rin Kanadaga nasib etdi. Uchinchi o‘rinda Buyuk Britaniya nomi qayd etildi.

    Reytingdagi to‘rtinchi pog‘ona Germaniya, beshinchi o‘rin Yaponiya va oltinchi o‘rin Shvesiya tomonidan band qilindi. Keyingi o‘rinlarda tartibga ko‘ra AQSh, Avstraliya, Fransiya, Norvegiya, Niderlandiya, Daniya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya va Singapur mamlakatlari nomi qayd etildi.

    MDH mamlakatlari orasida Rossiya 27-o‘rin, Ozarboyjon 69-o‘rin, Belarus 70-o‘rin, Qozog‘iston 71-o‘rin va Ukraina 73-o‘rinni egallagan.

    Dunyoning eng yaxshi 80 mamlakati reytingining so‘nggi o‘rinlarida Jazoir, Eron va Serbiya qayd etilgan.

    Jahon sahnidagi qudrati va nufuziga ko‘ra, ilk uch o‘rinda AQSh (1), Rossiya Federasiyasi (2) va XXR (3) nomlari keltirilgan.

    Iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari (1), Singapur (2) va Hindiston mamlakatlari etakchilik qilmoqda.

    O‘tgan yilgi reytingda 60 mamlakat nomi qayd etilgan edi, bu yilgisida esa - 80 mamlakat.

    Reyting US News & World Report tomonidan BAV Consulting kompaniyasi hamda Pensilvaniya shtati universiteti hamkorligida tuzilgan. U 36 mamlakatdan 21,3 ming kishi orasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga asoslangan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Dunyoning eng yaxshi mamlakatlari nomi e’lon qilindi