09:58 / 08.03.2017
6 950

Tramp Obamaning yana bir qarorini "dahshatli" deb atadi

Tramp Obamaning yana bir qarorini "dahshatli" deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Barak Obamani Guantanamo turmasidan yuzdan ko‘proq ekstremistlarni ozod qilgani uchun tanqid qildi. Trampning aytishicha, bu mahbuslar yana jang maydonlariga qaytishgan. Bu haqda Tramp tvitterda ma’lum qildi, deb xabar beradi Kun nashri.

"Obama ma’muriyati tomonidan Guantanamodan ozod qilingan 122 nafar tajovuzkor mahbus yana jang maydonlariga qaytgan. Yana bir dahshatli qaror", deb yozgan Tramp.

6 mart kuni AQSh mudofaa vazirligining rasmiy vakili, harbiy-dengiz kuchlari kapitani Jeff Devis 2 mart kuni amerikalik harbiylar tomonidan Yamandagi nishonlarga zarba berilgan vaqtda "Arabiston yarimorolidagi Al-Qoida" terrorchilik guruhining jangarisi, Muhammad Taxar kabi ma’lum bo‘lgan Yosir al-Silmiy o‘ldirilganini ma’lum qildi. Pentagon vakilining aytishicha, bu jangari 2002-2009 yillarda AQShning Guantanamo harbiy bazasidagi turmada saqlangan, so‘ngra ozod qilinib, Yamanga deportasiya qilingan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Obamaning yana bir qarorini "dahshatli" deb atadi