11:34 / 08.03.2017
6 210

Xitoy Oyga 4 kishini etkaza oladigan fazo kemasini ishlab chiqarmoqda

Xitoy Oyga 4 kishini etkaza oladigan fazo kemasini ishlab chiqarmoqda

Xitoy hozirda yangi avlod fazo kemasini ishlab chiqarmoqda. U Oyga 4 kishini etkaza oladi, deya bayonot bergan Xitoy fazo kemalari dasturi bosh konstruktori Chjan Baynan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Xitoy ko‘p marta foydalanish mumkin bo‘lgan fazo kemasini ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda".

"Xorijdagi yangi avlod ko‘p martalik fazo kemalari Er yaqinidagi orbitaga ko‘pi bilan 6 nafar fazogirni olib chiqa oladi. Oyga qo‘nish uchun bu raqam 3-4 kishini tashkil etadi. Bizning rejalarga ko‘ra, shu darajaga etish yoki undan o‘tish kerak", — degan Chjan Baynan "Keszi jibao" gazetasiga bergan intervyusida.

Xitoyning Oyga qo‘nish dasturi uch bosqichdan iboratdir. Bunda Erning yagona tabiiy yo‘ldoshi atrofini aylanish ("Chan’e-1" va "Chan’e-2"), Oyga qo‘nish ("Chan’e-3" va "Chan’e-4") hamda Oydan Erga qaytish ("Chan’e-5" va "Chan’e-6")dan iborat.

Bundan avvalroq, ushbu dastur rahbari o‘rinbosari Chjan Yuylin Xitoy 2036 yilgacha Oyga o‘z fazogirlarini yuborishni rejalashtirayotgani haqida so‘z yuritgan edi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Oyga 4 kishini etkaza oladigan fazo kemasini ishlab chiqarmoqda