12:59 / 08.03.2017
7 899

Poezd va avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

Poezd va avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi

7 mart kuni Amerikaning Missisipi shtatida poezd va avtobus to‘qnashuvi yuz berdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Texas shtatidan kelayotgan avtobus ichida 50 kishi bo‘lgan. Yirik yo‘l-transport hodisasi sabab 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 35 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan.

Polisiya boshlig‘i Jon Millerning aytishicha, avtobus yuk tashuvchi poezd bilan to‘qnashgan. Poezd avtobusga urilgach, uni bir necha metr masofaga irg‘itib yuborgan.

Ayni vaqtda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poezd va avtobus ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi