22:28 / 08.03.2017
5 706

IShID rahbari qaerga yashiringan bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi

IShID rahbari qaerga yashiringan bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi

AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Iroqdagi sahrolarga yashiringan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi, deb yozmoqda Kun nashri.

Xabar qilinishicha, Bag‘dodiy Mosul ostonasidagi janglar vaqtida aloqaga chiqmagan, bu holat jangovar harakatlarga rahbarlik qilish bo‘yicha vakolatlar bevosita dala qo‘mondonlariga topshirilganini bildirishi mumkin.

Qayd etilishicha, u har kuni o‘zi joylashgan joyni bir necha marta o‘zgartirmoqda va imkon qadar o‘zini kuzatishlaridan qutulish uchun hech kim bilan aloqaga chiqmayapti.

Bundan oldinroq Mo‘sulda IShID etakchisi al-Bag‘dodiyning amakivachchasi qo‘lga olingani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » IShID rahbari qaerga yashiringan bo‘lishi mumkinligi xabar qilindi