17:34 / 09.03.2017
6 232

Qobuldagi shifoxonada yirik terakt sodir etildi

Qobuldagi shifoxonada yirik terakt sodir etildi

Afg‘oniston poytaxti Qobul shahridagi harbiy shifoxona bosqinchilarning hujumiga uchradi. 4 nafar terrorchining shifoxona binosiga bostirib kirib, o‘qqa tutishlari natijasida 31 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Qalampir” sayti xabar berdi.

Guvohlarning aytishiga qaraganda, bosqinchilar oq xalatda bo‘lishgan. Ulardan biri bino tashqarisida qolgan, yana 3 nafari esa shifoxonaning ichkarisiga kirishgan.

Voqea 8 mart kuni kunduzi sodir bo‘lgan. Shifoxona esa Qobuldagi AQSh elchixonasi yaqinida joylashgan. Afg‘oniston razvedka xizmati ayni vaqtda yuz bergan voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

“Pajhwok Afghan News” agentligi yuz bergan terakt sabab 49 kishi vafot etganini va 76 kishi jarohatlanganini xabar qildi. Hozircha voqea qaysi terrorchilik guruhi tomonidan amalga oshirilganligi noma’um.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qobuldagi shifoxonada yirik terakt sodir etildi