Hollivudlik aktyor, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger kelajakda AQSh yuqori palatasiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin, deb yozmoqda Kun nashri.
Nashrning Kaliforniyada Respublikachilar partiyasi bilan aloqador bo‘lgan manbalari ma’lumotiga ko‘ra, Shvarsenegger 2018 yilda bu ishni amalga oshirishi mumkin.
Shvarsenegger har doim respublikachilar tarafdori bo‘lib kelganiga qaramay, senator lavozimiga mustaqil nomzod sifatida da’vogarlik qilishi mumkin.
Manbalardan birining ta’kidlashicha, Shvarsenegger AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp siyosiy kursiga qarama-qarshi bo‘lgan dasturni taklif etishi ehtimoli bor.
Aktyorning rasmiy vakili Daniela Ketchell esa “Biz bu maqsadga erishish uchun barcha variantlarni ko‘rib chiqamiz” deya ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi