19:16 / 10.03.2017
6 881

Alisher Usmonov binolarni restavrasiya qilgani uchun Italiya ordeni bilan taqdirlandi

Alisher Usmonov binolarni restavrasiya qilgani uchun Italiya ordeni bilan taqdirlandi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov binolarni restavrasiya qilish bo‘yicha loyihalari sharofati bilan «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. «TASS»ga asoslanib «Daryo» yozishicha, mukofot Italiya prezidenti Serjo Mattarella tomonidan topshirilgan.

Xabar berishlaricha, Alisher Usmonov Moskvadagi 1924 yildan beri Italiya elchixonasi joylashgan Berg uyini, Kapitoliy muzeylaridagi Gorasiylar va Kuriasiylar zallarini, Kvirinal maydonidagi Dioskur favvorasi va Rimdagi Trayan forumini restavrasiya qilish loyihalarida ishtiroki uchun taqdirlangan.

«Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» Italiyaning eng oliy ordeni hisoblanadi. Alisher Usmonov — nafaqat Rossiya, balki xorijda ham keng miqyosli xayriya ishlarini olib boruvchi rossiyalik milliarderdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov binolarni restavrasiya qilgani uchun Italiya ordeni bilan taqdirlandi