Germaniyada yo‘lovchi samolyoti bilan aloqa yo‘qolganidan keyin sarosima boshlandi

  • 11 mart 2017, 10:20
  • 4 283
  • Dunyo
  • Germaniyada yo‘lovchi samolyoti bilan aloqa yo‘qolganidan keyin sarosima boshlandi

    Germaniyaning shimoliy qismi ustidan uchayotgan yo‘lovchi samolyoti aloqaga chiqmay qo‘ygach, nemis hukumatida sarosima boshlandi. Air India aviakompaniyasiga tegishli samolyot aviadispetcherlarga javob bermay qo‘ygach, 5 ta atom elektrostansiyasida evakuasiya o‘tkazildi, deb yozadi Kun nashri.

    Boeing 787 Dreamliner rusumidagi samolyot Vengriyadan Buyuk Britaniyaga reys amalga oshirayotgan bo‘lgan. Uning bortida 239 yo‘lovchi bo‘lgan. Samolyot Germaniyadan o‘tayotganda 22 daqiqaga aloqaga chiqmay qo‘ygan. Bu vaqt davomida samolyotni Chexiya, Germaniya va Belgiyaga qarashli harbiy samolyotlar navbatma-navbat kuzatib borishgan. Spiegel nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya harbiy-havo kuchlarining ikkita Eurofighter samolyoti uni Kyolngacha kuzatib borgan.

    Germaniya hukumati samolyotni terrorchilar qo‘lga olgan deb xavotirlangan. Biroq oqibatda samolyotda aloqa bilan muammolar yuzaga kelgani aniqlangan. Bunga esa texnik nosozlik yoki qurilmadan noto‘g‘ri foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    Brokdorf, Brunsbyuttel, Gronde, Lingen va Untervezer kommunalaridagi AESlar evakuasiya qilingan. Ayni vaqtda Brokdorfdagi AESdan tashqari boshqa stansiyalar yopilgan va ishlamayapti.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Germaniyada yo‘lovchi samolyoti bilan aloqa yo‘qolganidan keyin sarosima boshlandi