11:43 / 11.03.2017
8 170

Toshbaqa oshqozonidan 915 ta tanga-pullar topildi

Toshbaqa oshqozonidan 915 ta tanga-pullar topildi

Bir necha kun avval Tailandda veterenarlar tomonidan noodatiy operasiya amalga oshirildi. Ya’ni, dengiz toshbaqasining oshqozonidan 915 dona turli davlatlarga tegishli bo‘lgan tanga-pullar olib tashlandi. Bu haqda "The Guardian"ga asoslanib "Qalampir" xabar qildi.

Umumiy og‘irligi 5 kilogramm bo‘lgan tanga-pullarni oshqozonida olib yurgan jonivorni tibbiyot xodimlari Om Sin (tailandliklar tilida kopilka - pul to‘plagich, ustidagi kichik teshikka tanga yoki qog‘oz pullar solinib, bul yig‘iladigan o‘yinchoq, haykalcha) deb atashdi.

Gap shundaki, 25 yoshga kirgan ushbu toshbaqa mamlakatning Chonburi provinsiyasidagi hayvonot bog‘ida yashaydi. Ayni vaqtda hayvonot bog‘i ta’mir uchun yopib qo‘yilgan. Shuning uchun o‘ttizdan oshiq jonivorlar Tailand Qirollik floti qoshidagi dengiz toshbaqalarini himoya qilish Markaziga olib kelindi. Toshbaqaning yurishi qiyinlashgani sababli veterinar uni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qildi. Tamografiyaga tushirilgach, toshbaqaning oshqoznida yuzlab tanga-pullar borligi aniqlandi.

Tailandga kelgan har bir sayyoh toshbaqa katagidagi basseynga “shu joyga qaytib kelish nasib etsin”, degan niyat bilan tanga-pul tashlaydi. Toshbaqa esa, ularni yutib yuravergan.

Shifokorlar o‘zaro kelishib, toshbaqani jarrohlik stoliga yotqizish va uning oshqozonini “tozalashga” bel bog‘lashdi.

7 soat davom etgan operasiyadan so‘ng, jonivor o‘ziga keldi.
Siz suratda ko‘rib turgan bu toshbaqa turi vakillari aslida o‘rtacha 80 yil umr ko‘radi.

Tailand Qirollik floti qoshidagi dengiz toshbaqalarini himoya qilish Markazining nazorati ostida esa ular xatto 100-120 yilgacha yashashlari mumkin. Chunki bu erda ularni sifatli parvarish qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ayni vaqtda toshbaqaning ahvoli yaxshi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toshbaqa oshqozonidan 915 ta tanga-pullar topildi