Iroq tashqi ishlar vazirligi shanba kuni ertalab Suriya poytaxtining Bob Musalla tumanida ro‘y bergan ikki portlash oqibatida mamlakatning 40 nafar fuqarosi halok bo‘lgani, 120 inson jarohat olganini tasdiqladi, deb yozmoqda Kun nashri.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobuslar portlatilgani oqibatida taxminan 40 nafar iroqlik halok bo‘ldi va 120 nafari jarohat oldi", - deya xabar berdi Iroq TIV. Shuningdek ta’kidlanishicha, voqealar rivojini Damashqdagi elchixona orqali kuzatilmoqda.
Idora xabariga ko‘ra, iroqliklar Bob as-Sag‘ir tumanidagi muqaddas qadamjolarga ziyoratga borishgan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Iroq TIV Suriya hukumati bilan hamkorlikda “barcha qurbonlar va jarohat olganlarni aniqlash”, shuningdek “halok bo‘lganlar jasadini samolyotlarda olib kelish uchun inqiroz guruhini tashkil etdi”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi