07:41 / 12.03.2017
6 646

Hindistonda 12 polisiyachi maochilar hujumi qurboni bo‘ldi

Hindistonda 12 polisiyachi maochilar hujumi qurboni bo‘ldi

Hindistonning Chxattisgarh shtatida 12 nafar polisiyachi maochi jangarilar hujumi qurboni bo‘ldi, yana 4 kishi yaralandi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Nashrga ko‘ra, jangarilar portlovchi qurilmani harakatga keltirgan va Sukma okrugida qurilayotgan yo‘l xavfsizligini ta’minlayotgan polisiya guruhiga qarata o‘t ochgan.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mazkur hujumni qoraladi. Ichki ishlar vaziri Rajnat Singh yuz bergan hodisani o‘rganish uchun okrugga yo‘l olishi bildirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 12 polisiyachi maochilar hujumi qurboni bo‘ldi