09:59 / 12.03.2017
5 673

Fukusimada 5,3 magnitudali zilzila yuz berdi

Fukusimada 5,3 magnitudali zilzila yuz berdi

Yaponiyaning shimoli-sharqidagi Fukusima prefekturasida 12 mart kuni ertalab 5,3 magnitudali zilzila yuz berdi, sunami xavfi yo‘q, deb yozadi Kun nashri.

Yaponiya bosh meteorologik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan 04:57da qayd qilingan. Uning o‘chog‘i okean ostida 50 km chuqurlikda bo‘lgan.

4 ballik zilzilalar Yaponiyaning 17 ta prefekturasida, jumladan, Fukusima, Miyagi, Ibaraki, Saitama, Tiba va Tokio prefekturalarida sezilgan. Zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

6 yil avval, 2011 yil 11 mart kuni Yaponiyaning shimolida 9,0 magnitudali zilzila yuz bergandi. Zilzila ortidan sohilga 14 metrlik sunami to‘lqinlari urilib, "Fukusima-1" AESining 6 ta energoblokidan 4 tasini suv ostida qoldirgan va reaktorlarning sovitish tizimini ishdan chiqargandi.

Fojia vaqtida AESning 1-, 3- va 4-reaktorlarida vodorod portlagan. Portlash oqibatida 1-energoblokning tomi vayron bo‘lgan. Radioaktiv moddalarning atmosferaga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2011 yil kuzida 1-energoblok ustida himoya gumbazi barpo etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fukusimada 5,3 magnitudali zilzila yuz berdi