2030 yilga kelib Xitoy aholisi soni 1,45 mlrd kishiga etadi. Bu haqda Xitoyning sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Van Peyan ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bu miqdor Xitoy aholisi uchun cho‘qqi ko‘rsatkich bo‘ladi, chunki asr oxiriga kelib bu ko‘rsatkich 1,1 mlrd gacha kamayadi.
Peyan Global Times nashriga bergan intervyusida aytishicha, mamlakatda odamlarning ko‘payib ketishi demografik siyosatning yumshatilishi sababli kuzatilmoqda. Xitoy hukumati "bir oila – bir farzand" qoidasini bekor qildi va hozirda xitoylik oilalar er-xotindan birortasining tug‘ishgan aka-ukasi yoki opa-singlisi bo‘lmasa, ikkinchi farzand ko‘ra oladi.
Nashrning ta’kidlashicha, 2016 yilda Xitoyda 18 mln dan ko‘proq bola tug‘ilgan.
Shu sababli Peyan Xitoy rahbariyatini tug‘ilish darajasi va fuqarolar o‘rtasida ma’lumotlilik ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan kuzatishga chaqirmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?