14:57 / 12.03.2017
8 692

Olmaotada 40dan ortiq mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisalari ro‘y berdi

Olmaotada 40dan ortiq mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisalari ro‘y berdi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Al-Forobiy shohko‘chasida yirik yo‘l transport hodisalari ro‘y berdi. Xabar qilinishicha 40dan ortiq mashina bir-biriga urilgan. STV kanali ma’lumotiga ko‘ra, avariya oqibatida yo‘lda harakat to‘xtab qolgan va bir necha kilometrga cho‘zilgan tirbandlik yuzaga kelgan.

Birinchi avariya Al-Forobiy shohko‘chasi va Mustafin ko‘chasi kesishmasida 6 avtomobil ishtirokida ro‘y bergan. Yana ikki YTH 7 mashina ishtirokida Dulati ko‘chasida sodir bo‘lgan. Navoy va Ro‘ziboqieva ko‘chalari joylashgan hududda yana 3ta avariya kuzatilgan va buning natijasida 7 avtomobil shikastlangan, deb yozmoqda Kun nashri.



Shuningdek, 10 avtomobil ishtirokida halqa yo‘lining sharqiy qismida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.


Ushbu to‘qnashuvlar tufayli dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2 kishi jarohatlangan. Ular shifoxonaga og‘ir ahvolda olib borilgan.


Hodisalar sabablari polisiya tomonidan o‘rganilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmaotada 40dan ortiq mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisalari ro‘y berdi