23:41 / 12.03.2017
7 326

Saudiya Arabistoni 5 mln muhojirni badarg‘a qilish dasturini ishlab chiqmoqda

Saudiya Arabistoni 5 mln muhojirni badarg‘a qilish dasturini ishlab chiqmoqda

Saudiya Arabistoni aholisining, taxminan, 20 foizi — 5 million noqonuniy muhojirni badarg‘a qilish dasturini ishlab chiqmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Bu haqdagi qaror «Majlis ash-sho‘ro»da (mamlakat maslahat kengashi) deputatlardan biri doktor Sodiq Fadel tashabbusi bilan ko‘rib chiqilmoqda.

Al Hayat nashriga ko‘ra, qirollik rasmiylari muhojirlar Saudiya fuqaroligini talab qilishidan cho‘chimoqda.
Noqonuniy muhojirlarni badarg‘a qilish bo‘yicha rejalashtirilayotgan kampaniya bu boradagi dastlabki qadam emas: 2012—2015 yillarda mamlakatdan 243 ming pokistonlik chiqarib yuborilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni 5 mln muhojirni badarg‘a qilish dasturini ishlab chiqmoqda