10 174
Olimlar mamontlarning qirilib ketishiga sovuq emas, dahshatli virus sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda
Kanadalik olimlar bir qator tadqiqotlar natijasida mamontlar noma’lum virus tufayli qirilib ketgan bo‘lishlari mumkinligini aytishmoqda, deb yozadi Kun.uz.
Olimlar eng zamonaviy qurilmalar yordamida o‘tgan asrda Alyaskada topilgan mamontlarning qoldiqlarini o‘rganib chiqishdi. Olimlarning ta’kidlashicha, olingan natijalar mamontlar Erda havoning sovib ketishi oqibatida qirilib ketganligi haqidagi tasavvurlarni shubha ostiga qo‘ymoqda.
Olimlar qadimiy jonzotlarning qoldiqlarida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan virusni aniqlashdi. Ularning aytishicha, bu virus mamontlarning asab tizimini falajlagan. Oqibatda falajlangan mamontlar ochlikdan o‘lib ketgan.
Endi kanadalik tadqiqotchilar bu virusning kelib chiqishini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Mahalliy aholi bu tajribalarga hadik bilan qaramoqda. Ularning fikricha, olimlar odamzodga xavf solishi mumkin bo‘lgan xavfli virusni tiriltirib yuborishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi