14:03 / 13.03.2017
7 487

Rossiyadagi «o‘lim guruhlari»ni ukrainaliklar ham boshqarishi aniqlandi

Rossiyadagi «o‘lim guruhlari»ni ukrainaliklar ham boshqarishi aniqlandi

Rossiya Tergov qo‘mitasi «o‘lim guruhlari»dagi o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilish holatlarini o‘rganayotib, ushbu internet-jamiyatlarining administratorlari va «faol foydalanuvchilari»ning haqiqiy ism-shariflari va yashash manzillarini aniqladi. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Tergov chog‘ida «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z joniga qasd qilish guruhlarini rossiyaliklardan tashqari, Ukraina fuqarolari ham boshqarganligi ma’lum bo‘ldi. Ammo tergov Ukraina IP-manzillaridan foydalangan ba’zi administratorlarning shaxsini aniqlay olmadi. Ukraina tomoni Rossiya Tergov qo‘mitasi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmoqda.

Ukraina milliy polisiyasi xabarlariga ko‘ra, o‘smirlarning «o‘lim guruhlari» ushbu mamlakatda ham faol harakat olib bormoqda va ularning tarkibida bo‘lgan o‘nlab voyaga etmaganlar halok bo‘lishga ulgurgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi hujjatlarida aytilishicha, administratorlarning ishi «o‘lim guruhlari»ga o‘smirlarni jalb qilishdan ham iborat bo‘lgan, shundan so‘ng ular o‘smirlar orasidan «depressiya holatida bo‘lganlari»ni tanlab olib, ularga raqam bergan, psixologik ta’sir o‘tkazilganidan keyin esa sana belgilab, o‘sha vaqtda o‘zini o‘ldirishni taklif qilgan.

Administratorlar o‘rtasidagi yozishmalarni tahlil qilish orqali, Rossiya Tergov qo‘mitasi ular ushbu guruh a’zolariga nisbatan xavfli oqibatlarga butunlay befarqlik bilan qaragan, degan xulosaga keldi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi izohlardan bosh tortdi. «VKontakte» vakili Evgeniy Krasnikov esa ijtimoiy tarmoq o‘z joniga qasd qilish usullariga yoki ushbu mavzuni oqlashga qaratilgan jamiyatlarni doimiy ravishda bloklab borishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi «o‘lim guruhlari»ni ukrainaliklar ham boshqarishi aniqlandi