9 415
Keniyalik erkak Obamaning qizi qo‘lini so‘rab, evaziga 70 ta qo‘y va 50 ta sigir bermoqchi
Keniyalik huquqshunos Feliks Kiprono AQSh prezidenti Barak Obamaning to‘ng‘ich qizi Maliyaga uylanishni istashini va qalin sifatida 70 ta qo‘y, 50 ta sigir va 30 ta echki berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Kiprono Obama iyul oyida Keniyaga tashrif buyurganida uning qiziga turmush qurish taklifini bildirmoqchi. «Hozir men Obamaga xat yozmoqdaman, unda prezidentdan Maliyani Keniyaga o‘zi bilan olib kelishini so‘rayman», — dedi u.
Erkakning ta’kidlashicha, uning Barak Obamaning qiziga bo‘lgan muhabbati «chin» va Amerika prezidenti oilasining boyligiga hech qanday aloqasi yo‘q.
«Men Maliyaga bu erdagi ayollar bajaradigan ro‘zg‘or yumushlarini — sigir sog‘ish, makkajo‘xoridan bo‘tqa pishirish, qatiq tayyorlashni o‘zim o‘rgataman», — deya qo‘shib qo‘ydi Feliks Kiprono. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?