17:50 / 15.03.2017
6 516

Belgiya rasmiylari Turkiyaning 12 imomiga mamlakat hududiga kirishni taqiqladi

Belgiya rasmiylari Turkiyaning 12 imomiga mamlakat hududiga kirishni taqiqladi

Belgiyaning boshpanalar hamda migrasiya masalalari bo‘yicha davlat kotibi Teo Franken Turkiyadan qirollikka kelmoqchi bo‘lgan 12 nafar imomga uzoq muddatli viza berishdan bosh tortdi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar beradi.

Xabarga ko‘ra, imomlar Belgiyaning Namyur, Bilzen hamda Gent shaharlaridagi davlat tomonidan tan olinmagan masjidlarda diniy tashviqotlarni olib borishni rejalashtirgandi.

Imomlardan o‘n nafari Frankenning qarori borasida Belgiyaning chet ellik fuqarolar bilan munozaralarni hal qiluvchi Kengashiga shikoyat bildirdi. Hozirda shikoyatlardan to‘rttasi rad etilgan. Kengash bu qarorga diniy erkinlik borasidagi huquqlar buzilmagani, chunki turk imomlari Belgiya hududida emasligi va ular Belgiya davlati yurisdiksiyasidan tashqarida ekanliklari bilan izoh berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belgiya rasmiylari Turkiyaning 12 imomiga mamlakat hududiga kirishni taqiqladi