19:35 / 15.03.2017
6 139

Rossiya hukumati Alisher Usmonovni Donbassga yordam berishga chaqirdi

Rossiya hukumati Alisher  Usmonovni Donbassga yordam berishga chaqirdi

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Kozak sanoat guruhlariga «DXR» va «LXR»dagi korxonalarga temir rudasi etkazib berishni taklif qilgan. Bu haqda Rossiya metallurgiya bozoridagi manbaga asoslangan holda Kun nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bunday taklif berilgan sanoatchilar qatorida «Metalloinvest» rahbari Alisher Usmonov hamda «Severstal» OAJ direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov ham bor.

Manbalar ma’lumotiga ko‘ra, «kompaniyalar yaqin vaqtlar ichida respublikalardagi korxonalarga rudalarni etkazib berish ishlarini boshlashga tayyor ekanliklari» haqida ma’lum qilishgan.

Concorde Capital investkompaniyasi tahlilchisi Aleksandr Paraщiyning bildirishicha, Doneskdagi Enakievsko va Makeevsko zavodlariga har yili 2,6 mln. tonna ruda kerak bo‘ladi, Luganskdagi Alchevsko metkombinatiga esa — 1,6 mln. tonna.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, «Severstal» o‘tgan yilda 14,9 mln. tonna temir rudasi xomashyosi ishlab chiqargan, «Metalloinvest» esa 40,7 mln. tonna.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya hukumati Alisher Usmonovni Donbassga yordam berishga chaqirdi