21:59 / 15.03.2017
8 455

Saudiya Arabistoni shahzodasi Trampni musulmonlarning chin do‘sti deb atadi

Saudiya Arabistoni shahzodasi Trampni musulmonlarning chin do‘sti deb atadi

Foto: © REUTERS/Kevin Lamarque

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi o‘rinbosari va Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon al-Saud AQSh prezidenti Donald Trampni terrorchilikka kurashuvchi barcha musulmonlarning do‘sti deb atadi. U bu haqda Tramp bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra aytdi, deb yozadi Kun.uz.

ArabianBusiness.com internet-nashrining ma’lum qilishicha, Oq uydagi uchrashuv bir qator muhim masalalar, jumladan Trampning AQShga 6 ta musulmon davlati fuqarolarini qo‘ymaslik haqidagi farmoniga bag‘ishlandi. E’tiborlisi, Saudiya Arabistoni shahzodasi 16 martdan kuchga kiruvchi Trampning aksilmigrasion farmonini qo‘llab-quvvatlagan.

"Bu chora AQShga terrorchilar kirishining oldini olishga qaratilgan suveren qarordir", deb aytgan shahzoda.

Bundan tashqari, shahzoda Trampni islomofob deb hisoblamasligini aytgan.

"Prezident Tramp islom dinini eng ilohiy dinlardan deb hisoblashi bilan unga chuqur hurmatini bildirdi", deb aytgan Saudiya Arabistoni qiroli o‘g‘li.

Shahzoda uchrashuvdan keyin Trampning islom dunyosi bilan hamkorlik qilishga tayyorligi pozisiyasi bilan tanishib chiqib, Trampni "musulmonlarning chin do‘sti" deb atagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni shahzodasi Trampni musulmonlarning chin do‘sti deb atadi