07:01 / 16.03.2017
5 603

Tojikiston tog‘lariga 10 tadan ko‘p bomba tashlandi

Tojikiston tog‘lariga 10 tadan ko‘p bomba tashlandi

Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi aviaguruhi Tojikistondagi Harbmaydon tog‘li poligonida bomba tashlash va boshqarilmaydigan aviasiya raketalarini otish mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulotlarda Mi-8 va Mi-24 vertolyotlari ekipajlari ishtirok etdi, deb yozmoqda Kun nashri.

Uchuvchilarning vazifasiga erdagi nishonlarga raketalar otish va belgilangan kvadratlarga bomba tashlash kirgan. Mashg‘ulotlar ssenariysiga ko‘ra, yakuniy maqsad noqonuniy qurollangan guruhlarga tegishli avtomobil texnikasi kolonnasi, mashg‘ulot lageri va qurol-aslaha omborini nishonga urish bo‘lgan.

"Topshiriqlar Mi-8 va Mi-24 vertolyotlarida bajarildi. Hammasi bo‘lib 10 tadan ko‘proq aviasiya bombasi tashlangan va 50 taga yaqin raketa otilgan. Ekipajlar, shuningdek, nishonlarga eng past balandliklarda yaqinlashishni mashq qilishdi", deb ma’lum qilindi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston tog‘lariga 10 tadan ko‘p bomba tashlandi