08:06 / 16.03.2017
5 942

Yamanda 17 mln kishiga ocharchilik xavf solmoqda

Yamanda 17 mln kishiga ocharchilik xavf solmoqda

Yaman aholisining deyarli uchdan ikki qismi ocharchilikni boshdan kechirmoqda va shoshilinch yordamga muhtojdir. Mamlakatning 17 mln fuqarosiga o‘tkir oziq-ovqat tanqisligi xavf solmoqda, deyilmoqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, YuNISEF va Jahon oziq-ovqat tashkilotining qo‘shma bayonotida.

Yamanda hukumat va isyonchilar o‘rtasidagi ixtilof 2014 yildan beri davom etib kelmoqda.

"17 mln odam oziq-ovqat xavfsizligining "favqulodda" yoki "inqirozli" bosqichida ekanligini hisobga olib, Yaman ayni vaqtda dunyoda ocharchilikning eng katta o‘choqlaridan biriga aylangan, bu erda 2016 yil iyunidan och qolayotganlar miqdori 21 foizga oshgan", deyildi xabarda.

Xalqaro tashkilotlar ma’lumotlariga ko‘ra, Yaman aholisining chorak qismi yashaydigan Taiz va Al-Xudaydo viloyatlari qo‘shimcha gumanitar yordamsiz ocharchilik iskanjasiga tushishi mumkin. Qurolli ixtilof oziq-ovqat xavfsizligi va yashash uchun zarur vositalarga vayronakor ta’sir ko‘rsatmoqda, deb yozmoqda Kun nashri.

"22 ta viloyatdan 20 tasi oziq-ovqat xavfsizligining "favqulodda" yoki "inqirozli" bosqichida turibdi va aholining uchdan ikki qismi ocharchilikni boshdan kechirmoqda va hayotlarni saqlab qolish uchun shoshilinch yordam hamda vositalarga muhtojlar", deyilgan bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yamanda 17 mln kishiga ocharchilik xavf solmoqda