Londonda singan pianino ichidan qadimgi tilla tangalar topildi

  • 19 mart 2017, 08:31
  • 4 925
  • Dunyo
  • Londonda singan pianino ichidan qadimgi tilla tangalar topildi

    Londonlik oila 1983 yili xarid qilingan pianinoni eski va ta’mirtalab holga kelib qolgani uchun ta’mirlashga berishgandi. Ta’mirlash vaqtida uning ichidan bir qancha qadimiy tilla tangalar topildi. Bu haqda “Ukropnews24” nashriga tayanib “Qalampir” xabar qildi.

    Ayni vaqtda polisiya tangalarning egalarini izlamoqda. Buning uchun pianinoning avvalgi egalarini topish lozim bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu musiqiy asbob 1906 yili Londonda yasalgan.

    Tangalarning egalarini qidirish ishlari 2017 yil 20 aprelga qadar davom etadi. Agar belgilangan muddatda ular topilmasa, tangalar davlat g‘aznasiga o‘tkaziladi.

    Tilla tangalarning ma’lum qismi belgilangan tartibda pianinoning hozirgi egalariga beriladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Londonda singan pianino ichidan qadimgi tilla tangalar topildi