10:00 / 19.03.2017
5 529

Parij aeroportidagi hujum terakt sifatida tergov qilinadi

Parij aeroportidagi hujum terakt sifatida tergov qilinadi

Parij prokurori Fransua Molensa Parijning Orli aeroportidagi harbiy patrulga hujum uyushtirgan erkak haqidagi ma’lumot bo‘lib o‘tgan voqeani terakt sifatida tergov qilishga imkon beradi, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

"Birinchidan, Sentinelle operasiyasi doirasida xavfsizlikni ta’minlovchi harbiylarning
nishon sifatida tanlanishi jihodchilar tashkilotining tavsiyalariga mos keladi", deb aytdi Molensa.

Uning aytishicha, jinoyatchining turmada o‘tirgan vaqtida radikallashgani va jinoyatni sodir etayotganda diniy xarakterdagi so‘zlarni aytib baqirgani ham tergovni hujum terakt ekanligi haqida o‘ylashga undamoqda.

Avvalroq aeroport faoliyati hujumdan keyin yana boshlangani ma’lum qilingandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parij aeroportidagi hujum terakt sifatida tergov qilinadi