11:10 / 19.03.2017
9 977

Tramp ikki so‘z bilan Putinga ta’rif berdi

Tramp ikki so‘z bilan Putinga ta’rif berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali boshlovchisi iltimosiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ikki so‘z bilan ta’riflab berdi, deb yozadi Kun.uz sayti.

"Men uni bilmayman, biroq unga uncha-bunchaning tishi o‘tmaydi. Men u Rossiya uchun qanday ekanligini bilmayman, biroq vaqti kelib buni bilib olamiz", deb aytgan Tramp. AQSh prezidenti Putinga nisbatan so‘zma-so‘z tough cookie (qattiq pechene) iborasini ishlatgan.

Boshlovchi Trampdan qolgan odamlarga ham ta’rif berishni iltimos qilgan. Jumladan, Tramp o‘zining maslahatchisi Killian Konveyni "juda yoqimtoy ayol", Xillari Klintonni "hafsalasi pir bo‘lgan" deb ta’riflagan. Tramp musiqiy klipida unga o‘xshab kiyinib olgan masxarabozga o‘q uzgan rep ijrochi Snup Dogga ta’rif berarkan, artistning "faoliyati yakun topayotgani" sababli undalgan bunday xatti-harakatini hech kimga, kimligidan qat’iy nazar, qo‘llab bo‘lmasligini aytgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ikki so‘z bilan Putinga ta’rif berdi