Isroil Suriyaning havo kuchlariga qarshi mudofaa tizimini yo‘q qilishini aytib tahdid qildi

  • 20 mart 2017, 08:39
  • 4 666
  • Dunyo
  • Isroil Suriyaning havo kuchlariga qarshi mudofaa tizimini yo‘q qilishini aytib tahdid qildi

    19 mart kuni Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman agar Suriya o‘zining havoga qarshi mudofaa (HQM) tizimini yana bir bor yahudiy mamlakatining harbiy havo kuchlariga (HHK) qarshi ishlasa, ushbu tizimni yo‘qqa chiqarishini aytib tahdid qildi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

    «Agar kelasi safar Suriyaning HQM tizimi Isroil samolyotlariga hujum qilsa, u tizim yo‘q qilinadi. Ushbu masalada hech qanday murosaga erishib bo‘lmaydi», — dedi mudofaa vaziri mamlakat markazidagi bazalardan birida zirhli tank qo‘shinlarining yangi qismiga nutqi davomida.

    17 mart kuni Isroilning HHK samolyotlari Suriyadagi bir necha hududga hujum qilib, zenit raketalari tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda keyinroq Isroil mudofaa armiyasi o‘z bayonotida ma’lum qildi.

    «HHK samolyotlari Suriyadagi bir necha joyga hujum qildi. Samolyotlarga nisbatan bir necha zenit raketasi uchirildi. Isroilning HQM tizimi ulardan birini ushlab qoldi», — deyiladi bayonotda.

    Libermanning fikricha, qurollarning Suriyadan Livanga yuborilishi Isroil uchun asosiy muammo bo‘lib qolyapti. Shu bilan bir vaqtda, mudofaa vaziri Suriyadagi fuqarolik urushiga aralashishdan manfaatdor emasligini ma’lum qildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Isroil Suriyaning havo kuchlariga qarshi mudofaa tizimini yo‘q qilishini aytib tahdid qildi