Mashhur fizik olim koinotga uchmoqchi

  • 20 mart 2017, 08:41
  • 4 150
  • Dunyo
  • Mashhur fizik olim koinotga uchmoqchi

    Mashhur fizik olim Stiven Xoking Virgin Galactic kompaniyasi kemasida koinotga uchmoqchi. Bu haqda olimning o‘zi ITV telekanalida chiqadigan Good Morning Britain dasturi efirida ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz sayti.

    Xoking bu haqda dastur boshlovchisi bilan baxt nima ekanligini muhokama qilayotganda aytib o‘tdi. "Men sizga meni nima baxtiyor qilishini aytishim mumkin – bu koinotga sayohatdir. Hech kim meni u erga olmaydi deb o‘ylardim, biroq Richard Brenson (Virgin Group egasi) menga Virgin Galactic kemasidan joy taklif qildi va men darhol "ha" deb javob berdim", dedi olim.

    Xoking zamonamizning eng mashhur nazariyotchi fiziklaridan biri hisoblanadi. 1963 yilda olimga uni falajlikka olib kelgan yon amiotrofik sklerozi tashxisi qo‘yilgan. Xoking so‘zlash qobiliyatini yo‘qotgan va o‘z fikrlarini bildirish uchun nutq sintezatoridan foydalanadi. Joriy yilning 8 yanvarida Xoking 75 yoshini qarshilagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mashhur fizik olim koinotga uchmoqchi