Xitoy o‘z armiyasini 200 ming kishiga qisqartirmoqchi

  • 20 mart 2017, 10:04
  • 4 260
  • Dunyo
  • Xitoy o‘z armiyasini 200 ming kishiga qisqartirmoqchi

    Xitoy o‘z armiyasini 200 ming kishiga qisqartirmoqchi. Bu haqda South China Morning Post nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

    Avvalroq Xitoy raisi Si Szinpin Xitoy 2017 yil oxirigacha qurolli kuchlarini nojangovar tarkib hisobidan 300 ming kishiga qisqartirishini aytgandi. Qisqartirish Si Szinpin ma’lum qilgan reja bo‘yicha o‘tkaziladi. Ma’lum qilinishicha, 18 ta armiya korpusidan 5 tasi tugatiladi. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, shaxsiy tarkibning bir qismi harbiy-havo kuchlari, harbiy-dengiz kuchlari va raketa qo‘shinlariga o‘tkaziladi.

    Avvalroq Xitoy eng muhim dengiz yo‘llarini himoya qilish maqsadida dengiz piyoda qo‘shinlari sonini oshirmoqchiligi ma’lum qilingan. Shuningdek, harbiy kontingentning bir qismi Afrika shoxidagi Jibuti davlatida va Pokistonning janubidagi Gvadar viloyatida joylashtirilishi aytilgandi. Harbiy manbalarning ma’lum qilishicha, ikkita brigada dengiz piyoda qo‘shinlari tarkibiga o‘tkazib bo‘lingan va shundan keyin ushbu qo‘shinlardagi harbiylar soni deyarli ikki barobarga oshgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xitoy o‘z armiyasini 200 ming kishiga qisqartirmoqchi