Belarus poytaxti Minsk shahrida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri yo‘nalishida harakatlangan «Belavia» kompaniyasi samolyoti havoga ko‘tarilishidan so‘ng qushlar to‘dasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
To‘qnashuvdan so‘ng havo kemasi Minsk aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Boeing-737-500 samolyoti 150 metr balandlikda qushlar to‘dasi bilan to‘qnashganidan keyin layner komandiri aeroportga qaytishga qaror qildi.
«Tut.by» nashrida qayd etilishicha, ushbu xabardan keyin yo‘lovchi ayollardan birining mazasi qochdi. Shu sababli samolyot bortiga tez tibbiy yordam chaqirildi.
Aviakompaniyaning ma’lum qilishicha, samolyot muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi