18:59 / 20.03.2017
6 088

Assanj MRB xakerlik sirlarini oshkor qiladimi?

Assanj MRB xakerlik sirlarini oshkor qiladimi?

WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Google, Microsoft, Apple va boshqa IT-kompaniyalariga MRB xakerlik sirlaridan xabardor qilishni va’da berdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Nashr manbalari ma’lumotiga ko‘ra, Assanj maxsus maktublar yo‘llab, ularda maxfiy ma’lumotni qay holatda taqdim etishi borasida o‘z shartlarini bildirgan. Xususan, kompaniyalar aniqlangan kamchiliklarni uch oy davomida bartaraf qilmaslik haqida kafolatlar berishi lozim.

Avvalroq Kremniy vodiysida Assanj bilan hamkorlik qilish borasida ikkilanish borligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bir qator IT-kompaniyalar vakillari e’lon qilingan maxfiy hujjatlar bilan AQSh hukumati ruxsatisiz tanishib chiqish ham noqonuniy ekani haqida ma’lum qilishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Assanj MRB xakerlik sirlarini oshkor qiladimi?