Rossiya Xitoyga S-400 tizimlarini etkazib berdi

  • 21 mart 2017, 09:07
  • 4 137
  • Dunyo
  • Rossiya Xitoyga S-400 tizimlarini etkazib berdi

    Rossiya Davlat dumasining iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mudofaa-sanoat majmuasi tashkilotlarining rivojlanishini huquqiy ta’minlash komissiyasi raisi Vladimir Gutenev Rossiya Xitoyga S-400 "Triumf" havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini etkazib berishni boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

    "Hindiston hozirda S-400’ga qiziqish bildirmoqda. Hozir biz Xitoyga S-400’ning birinchi divizionlarini etkazib berdik", deb aytgan Gutenev.

    Gutenevning aytishicha, ayni vaqtda Hindiston va Turkiya S-400’ni olishga "navbatda turibdi".

    Xitoy S-400 tizimini xarid qilishga 2015 yil aprelda shartnoma tuzgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiya Xitoyga S-400 tizimlarini etkazib berdi