08:58 / 22.03.2017
9 142

Amerika grin-karta lotereyasini bekor qilmoqchi

Amerika grin-karta lotereyasini bekor qilmoqchi
AQSh hukumati Grin-karta lotereyasini bekor qilmoqchi, degan gap-so‘zlar so‘nggi vaqtlarda tez-tez quloqqa chalina boshladi.

AQShda doimiy yashash va ishlash imkoniyatini beruvchi grin-karta (yashil kartochka) uzoq yillardan beri millionlab insonlar uchun AQSh darvozasini ochadi. O‘zbekistondan, masalan, yiliga o‘rtacha 2-3 ming kishi shu tarzda immigrasiya qiladi, deb yozadi Sof.uz sayti.

Grin-karta lotereyasi bekor qilinishiga kimdir ishondi, yana kimdir bu haqda aniqroq ma’lumot olishni xohladi. Masalaga oydinlik kiritish uchun internet tarmog‘ida aynan shu mavzuda yoritilgan xabarlarni birma-bir ko‘zdan kechirib chiqdim.

Hammasi Kongressga bog‘liq

Ma’lumotlarni o‘qir ekansiz, Green Card yo‘q qilish masalasi allaqachon va bir necha marotaba davlat darajasida ko‘tarilganiga guvoh bo‘lish mumkin. E’tiborlisi, immigrasiya masalasini uzil-kesil hal qilish istagida yonuvchi respublikachilar grin-kartani yo‘q qilish uchun ovoz berib kelayotgan bo‘lsalar, demokratlar respublikalarning bu ishtiyoqiga qarshi chiqmoqda.

Hammasi biz o‘ylaganchalik oddiy emas. Respublikachilar Green Card lotereyasini to‘liq bekor qilish haqida emas, balki mamlakatga kirib kelayotganlarni yaxshiroq "filtrlash" to‘g‘risida og‘iz ochishmoqda. Masalan, respublikachi Darell Aysa ma’lum bir navbatlar tashkil qilish haqida gapirgan. Uning fikricha hozir kimga ehtiyoj ko‘proq, deylik, olimgami yoki ofisiantga — AQShning o‘zi ajratib olishi kerak, degan bir taklifni ilgari surgan.

Grin-karta javobini 13 yil kutasiz…

SlavicSac.com nashri respublikasi-senatorlar Tom Kotton va Devid Perdyu AQSh immigrasiya tizimini tubdan o‘zgartiruvchi qonun loyihasi ustida ishlashayotganini ma’lum qildi. Qonunchilik loyihasi mualliflari rejasiga ko‘ra, endilikda mamlakatga kirib kelayotgan chet elliklar soni teng yarmiga — million nafardan 500 minggacha qisqarishi mumkin.

Gap shundaki, Tom Kotton va Devid Perdyular AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi lotereya (grin-karta) dasturini bekor qilish, immigrantlar oila a’zolariga mamlakatga kirish tartibini o‘zgartirish hamda AQShda ishlash huquqiga ega bo‘lish shartlarini qiyinlashtirish (bunday ruxsatnomani olish uchun 13 yilgacha kutishga to‘g‘ri kelishi mumkin) orqali immigrantlar sonini keskin kamaytirish mumkin, degan taklifni ilgari surganlar.

Tom Kotton va Devid Perdyular ularning bu taklifi joriy yilning o‘zidayoq Senat tomonidan ko‘rib chiqilishiga umid qilishmoqda. Kotton va Perdyuning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qonunchilik loyihasi haqida e’lon qilishdan oldin ular prezident Tramp bilan uchrashishgan va bu masalani u bilan muhokama qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika grin-karta lotereyasini bekor qilmoqchi