10:49 / 22.03.2017
8 573

Rossiya Hindiston va Taylandga harbiy texnikalar etkazib beradi

Rossiya Hindiston va Taylandga harbiy texnikalar etkazib beradi
Rossiyaning «Rostex» davlat korporasiyasi xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Viktor Kladovning bayonot berishicha, Rossiya 2017 yilda Hindistonga 48 dona Mi-17V-5 vertolyoti hamda 11356 loyihasidagi 4ta fregat etkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolaydi. Bu haqda RIA Novosti'ga tayanib Kun.uz xabar qilmoqda.

«Bu yil Hindistonga 48ta Mi-17V-5 vertolyotini etkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanishiga ishonchim komil», — degan Kladov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hindlar 4ta 11356 fregati bo‘yicha bitim tuzishga tayyordir.

Bundan tashqari, Rossiya Taylandga uchta Sukhoi SuperJet samolyotini etkazib beradi.

«Tayland qurolli kuchlari rahbariyati oldiga «Rosoboroneksport» yo‘nalishi bo‘yicha 2ta smolyot xarid qilish vazifasi qo‘yilgan. Hozirda, unga uchinchisi ham qo‘shilish arafasida», — deya ma’lum qilgan Kladov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Bangkok milliy aviakompaniyalar uchun Sukhoi SuperJet samolyotlarini xarid qilish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.

Rossiya, shuningdek, Indoneziyaga 1241 «Molniya» katerlarini etkazib berish bo‘yicha ishlar davom ettirilishiga umid qilmoqda. Ushbu mamlakat Rossiyadan Su-35 qiruvchi samolyotlarini xarid qilishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Hindiston va Taylandga harbiy texnikalar etkazib beradi