09:16 / 23.03.2017
5 992

London metrosidan yo‘lovchilar shoshilinch evakuasiya qilindi

London metrosidan yo‘lovchilar shoshilinch evakuasiya qilindi
London metrosining Shimoliy Grinvich stansiyasidagi yo‘lovchilarni shubhali buyum haqidagi xabarlar sababli zudlik bilan evakuasiya qilishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, shu sababli stansiya yo‘nalishidagi er usti transporti harakati ham vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni Londonda sayyohlar o‘rtasida ommalashgan joylardan biri – Britaniya parlamenti binosi yonida terakt sodir etildi. Vestminster ko‘prigi bo‘yicha harakatlangan avtomobil piyodalar yo‘lakchasiga chiqib, bir necha kishini urib ketgan. So‘ngra haydovchi parlament binosi yonigacha borgan va bu erda polisiya tomondan to‘xtatilgan. Pichoq bilan qurollangan terrorchi uni to‘xtatgan polisiyachiga hujum qilgan. Polisiyachi olingan jarohatlardan halok bo‘lgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi jarohatlangan. Terrorchining o‘zi boshqa polisiyachilar tomonidan bartaraf etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London metrosidan yo‘lovchilar shoshilinch evakuasiya qilindi