10:13 / 23.03.2017
8 188

Jag‘i qiyshiq it internet yulduziga aylanmoqda

Jag‘i qiyshiq it internet yulduziga aylanmoqda
Amerikalik ko‘ngillilar tomonidan suratlari ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan jag‘ qismi tug‘ma qiyshiq tug‘ilgan Pikasso laqabli it ayni vaqtda internet yulduziga aylanmoqda. Bu haqda “Aboutube”ga asoslanib “Qalampir” sayti xabar qildi.

Aslida it AQShdagi egasiz jonivorlar uyida yashayotgandi. Tashkilotda uning ukasi Pablo ham bor edi. Biroq, Pabloni olib ketishgach, Pikasso egasi topilmagan yagona itga aylangandi. Jonivorlar uyi xodimlari Pikassoni dori berib o‘ldirmoqchi edilar.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, Pabloning egalari uni jonivorlar uyiga qaytarishdi va o‘rniga Pikassoni olib ketishdi.

Shundan so‘ng, itning suratlari doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda chop etiladigan bo‘ldi. Internet yulduziga aylangach, ko‘zlari ma’yus va mehribon bu itga egalik qilishni istaydigan minglab kishilar topildi.

Pikasso ustida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish maqsadida yig‘ilgan pullarga uning jag‘i to‘g‘rilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jag‘i qiyshiq it internet yulduziga aylanmoqda