11:03 / 24.03.2017
4 675

Tramp ichki sezgilariga tayanib harakatlanishini ma’lum qildi

Tramp ichki sezgilariga tayanib harakatlanishini ma’lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildiki, u ba’zi hollarda o‘z harakatlarini ichki sezgilariga tayangan holda bajaradi. Bu haqda u Time jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Nashr muxbiri Trampdan nima uchun u ishonchli dalili bo‘lmasada keskin bayonotlar bilan chiqishi haqida so‘ragan. U bu orqali prezidentning 3 million kishi noqonuniy ovoz bergani haqidagi gapini ham nazarda tutgan.

Trampning ishonch bilan gapirishicha, saylov vaqtida tashkil etilgan maxsus qo‘mita raqamlarni oshirib ko‘rsatgandi.

«Men instinktlarga tayanadigan odamman, ko‘pincha mening sezgilarim to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Barcha meni yutqazadi deganida, men yuta olishimni gapirgandim», — degan Tramp.

U shuningdek Brexit jarayoni, Shvesiyadagi tartibsizliklarni ham oldindan ko‘ra bilgani haqida eslab o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ichki sezgilariga tayanib harakatlanishini ma’lum qildi