22:16 / 24.03.2017
5 929

«Halovat kutmang». Erdo‘g‘an davom ettirmoqchi

«Halovat kutmang». Erdo‘g‘an davom ettirmoqchi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Evropadagilar o‘zini diktator deb atashda davom etishsa, u ham ularni fashistlar deb atashda davom etadi.

«Qachonki gap «nasizm» haqida ketsa, ular xavotirga tushishadi. Sizlarga halovat bo‘lmaydi. Toyib Erdo‘g‘anni diktator deb atarkansiz, u sizlarni fashist va nasist ekaningizni eslataveradi», degan Erdo‘g‘an Turkiya g‘arbidagi Denizli shahridagi miting chog‘ida.

Turkiya va Germaniya munosabatlari Istanbulda kelib chiqishiga ko‘ra turk bo‘lgan Germaniya fuqarosi, jurnalist Deniz Yudjel terrorizmga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olinganidan keyin yomonlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Halovat kutmang». Erdo‘g‘an davom ettirmoqchi