11:03 / 26.03.2017
6 871

Husiylar sudi Yaman prezidentini o‘lim jazosiga mahkum etdi

Husiylar sudi Yaman prezidentini o‘lim jazosiga mahkum etdi
Yaman poytaxti Sana shahridagi «Ansar Alloh» shia harakati tarkibiga kiruvchi isyonchi husiylar sudi mamlakat prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiyni o‘lim jazosiga mahkum etdi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Hodiy Saudiya Arabistoniga «yon bosish va ko‘mak berish»da aybdor deb topilgan. Husiylar Saudiyani agressor davlat deb hisoblashadi.

Davlat rahbaridan tashqari, Yaman hukumatining 6 nafar yuqori lavozimli mulozimi ham shunday jazoga loyiq ko‘rilgan. Ular orasida sobiq TIV rahbari va Yamanning AQShdagi elchisi ham bor.

Davlat arboblariga hukm sirtdan o‘qilgan, deb xabar qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Husiylar sudi Yaman prezidentini o‘lim jazosiga mahkum etdi