14:05 / 30.03.2017
6 333

AQShda cherkov avtobusi ishtirokidagi YTHda 12 kishi halok bo‘ldi

AQShda cherkov avtobusi ishtirokidagi YTHda 12 kishi halok bo‘ldi
AQShda baptist cherkovi avtobusining pikap bilan to‘qnashuvi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 3 nafari jarohat oldi. Bu haqda «RBK»ga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.

Yo‘l-transport hodisasi Texas shtatida, San-Antonio shahrining g‘arbiy qismida sodir bo‘ldi. Avtobus ichida 14 kishi bo‘lgan edi. Jarohatlanganlar orasida pikap haydovchisi ham bor. Ularning barchasi shifoxonaga yotqizilgan.

To‘qnashuv sodir bo‘lgan trassa ma’lum muddatga berkitildi. Avtobus ichida bo‘lganlarning aksariyati katta yoshdagi baptist cherkoviga qatnaydigan dindorlar edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda cherkov avtobusi ishtirokidagi YTHda 12 kishi halok bo‘ldi