16:52 / 30.03.2017
7 867

Hillari yanga surxoncha libosda namoyon bo‘ldi

Hillari yanga surxoncha libosda namoyon bo‘ldi
Bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda AQSh sobiq davlat kotibi, AQSh prezidenti saylovlarida Donald Trampga yengilgan Hillari Klintonning sharqona libosdagi kiyimda tushgan surati mashhur bo‘lmoqda.

Tarmoq foydalanuvchilarining bir qismi uni bu kiyimda tanimayotganini aytsa, boshqalar fotoshop yordamida tayyorlangan surat ekanini bildirishmoqda.

Ammo ishonch bilan aytish mumkinki, bu tabiiy fotosurat, fotoshop hosilasi emas!

Surat 2015 yilning so‘ngida olingan. Hillari kashta bilan bezatilgan ushbu afg‘on kaftanini Manxettendagi tadbir davomida kiygandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hillari ushbu libosni 2003 yili Afg‘onistonda xarid qilgan va 2009 yili Afg‘onistonga bo‘lgan rasmiy tashrifi chog‘ida kiygan.



O‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq vakillari Hillari Klintonning bu ko‘rinishidan hayratlanayotgan bir vaqtda, chet el ommaviy vositalari uning bu libosidan hayron qolmaganini bildirishgan. Chunki Hillari har doim yangicha, hech kimning xayoliga kelmagan uslubda kiyinishni xush ko‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hillari yanga surxoncha libosda namoyon bo‘ldi