09:31 / 31.03.2017
6 307

Xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Facebook'dagi sahifasini buzib kirdi

Xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Facebook'dagi sahifasini buzib kirdi
Xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Facebook’dagi sahifasini buzib kirdi va unga davlat rahbarining «iste’fosi munosabati bilan uyushtiriladigan kecha»ga taklifnomani joylashtirdi. Bu haqda 30 mart, payshanba kuni Europe1 radiostansiyasiga tayanib Daryo xabar berdi.

Joylashtirilgan e’longa ko‘ra, tadbir 7 may kuni 20:00 da Elisey saroyida bo‘lib o‘tishi lozim.

BFMTV’ning ta’kidlashicha, post prezidentning sahifasida bir soatga yaqin turgan, shundan keyin o‘chirib tashlangan. Xakerlik hujumi ortida «Fransua Ollandning iste’fosi uchun» harakati aktivistlari turganligi taxmin qilinmoqda.

Fransiyada prezidentlik saylovlari 23 aprel va 7 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Fransua Ollandning vakolatlari muddati 15 may kuni tugaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xakerlar Fransiya prezidenti Fransua Ollandning Facebook'dagi sahifasini buzib kirdi