12:33 / 01.04.2017
7 469

“Boko xaram” radikal guruhi Nigeriyada 22 qizni o‘g‘irlab ketdi

“Boko xaram” radikal guruhi Nigeriyada 22 qizni o‘g‘irlab ketdi
“Boko xaram” radikal guruhi Nigeriya shimoli-sharqiga ikkita bosqinchilik harakatini amalga oshirib, 22 nafar ayol va qizlarni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda “The Guardian” gazetasiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

Bosqinchilar 30 mart kuni Nigeriyaning Kamerun bilan chegaradosh hududida joylashgan qishloqqa hujum qilishgan hamda bu erdan 17 va undan kichik yoshdagi 18 nafar qizni o‘g‘irlab ketishgan. Guvohlarning aytishlaricha, jangarilar qishloq hududiga furgonda kirib kelishgan.

Ikkinchi bosqinchilik harakati Chad ko‘li atrofida yuz bergan. Bu erda yashovchi podachi ularga pul to‘lashni istamagani uchun uni o‘ldirishgan. Shundan so‘ng, oilasidagi 4 ayolni o‘g‘irlab ketishgan.

Ayrim manbalarda qayd etilishicha, o‘g‘irlangan qizlar jinsiy qullikka jalb etiladi. Eslatib o‘tamiz, “Boko xaram” jangarilari Nigeriyada qo‘nim topgan bo‘lib, IShID terrorchilik guruhining bir qismi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Boko xaram” radikal guruhi Nigeriyada 22 qizni o‘g‘irlab ketdi