10:18 / 02.04.2017
6 253

Kolumbiyadagi sellar qurbonlari soni 254 nafarga etdi

Kolumbiyadagi sellar qurbonlari soni 254 nafarga etdi
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Kolumbiyaning janubi-g‘arbidagi Mokoa shahrida yuz bergan sellar oqibatida halok bo‘lganlar soni 254 nafarga etdi. Selga kuchli yog‘ingarchilik oqibatida daryolarda suvning ko‘tarilishi sabab bo‘lgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

"Bu haqiqatan ham ayanchli raqamlar", deb aytgan mamlakat prezidenti Xuan Manuel Santos.

Guvohlarning aytishicha, ayniqsa tungi soat 11 dan 1 gacha yoqqan yomg‘ir kuchli bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, ko‘plab uylar vayron bo‘lgan, 400 dan ko‘proq odam jarohat olgan, 200 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan.

Avvalroq voqea joyiga mamlakat prezidenti qutqaruv ishlarini shaxsan o‘zi nazorat qilgani etib kelgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiyadagi sellar qurbonlari soni 254 nafarga etdi