Dubayda qurilayotgan osmono‘par binoda yong‘in chiqdi

  • 02 aprel 2017, 13:18
  • 5 033
  • Dunyo
  • Dubayda qurilayotgan osmono‘par binoda yong‘in chiqdi
    Dubay shahrida, osmono‘par Burj-Xalifa minorasi yaqinida qurilayotgan baland inshootlardan biriga o‘t ketdi. Bu haqda Gulf News'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

    Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 5:30da boshlangan (Toshkent vaqti bilan soat 6:30). Aniqlik kiritilishicha, 60 qavatli Address Residence Fountain Views majmuasida yong‘in chiqqan. Ushbu bino Dubai Mall va Address Hotel mehmonxonalari o‘rtasida joylashgan. Bu 2016 yilning yanvaridan buyon ro‘y bergan eng yirik yong‘in bo‘ldi.

    Voqea joyiga o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam xizmatlari etib kelgan, hukumat atrofdagi yo‘llarni yopgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Dubayda qurilayotgan osmono‘par binoda yong‘in chiqdi